Hamma joyda formula
Miqdor, narx, summa, bo‘lim va ИТОГО jamlari — sonlar qotib qolmaydi. Excel’da hajmni almashtiring, barcha bog‘liq hisoblar yangilanadi.
=SUM(H19:H324)ABC4 yoki TN qurilish smetasini bering. PTO.uz siz uchun formulasigacha bog‘langan, tekshirishga tayyor Ф2 formasini yaratadi.
Ф2 — tayyor hisob-kitob
•••
=G19×F19✓Hisob-kitob — sizning nazoratingizda. Natijani Excel’da xohlagan paytingiz tekshiring va o‘zgartiring.
ABC4TN qurilishWindows 10/11DGU 68333Qo‘lda ko‘chirish, mos kelmagan narxlarni qidirish va qayta hisoblash o‘rniga dastur takrorlanuvchi ishni bajaradi. Siz esa natijani tekshirasiz.
Miqdor, narx, summa, bo‘lim va ИТОГО jamlari — sonlar qotib qolmaydi. Excel’da hajmni almashtiring, barcha bog‘liq hisoblar yangilanadi.
=SUM(H19:H324)Natija doimo yangi faylga saqlanadi. Turli variantlarni bemalol tekshirishingiz mumkin.
Kod bo‘sh bo‘lsa ham nom bo‘yicha topadi, o‘lchov birligini solishtiradi.
Materiallar ro‘yxati bo‘limlarga ajratilib, Ф2 bilan bog‘langan holda tayyorlanadi.
Sentabr yangilanishlari: butun papka uchun Ф2, Акт скрытых работ, tender oфертаси va varaq nomiga bog‘liq bo‘lmagan fayl tanish.
АКТ tabida smetadagi ishlar ro‘yxati chiqadi. Kerakli ishlarni belgilang — har biri alohida sahifada akt bo‘ladi: materiallar smetadan olinadi, keyingi ish nomi «последующие работы» qatoriga o‘zi tushadi. Komissiya bir marta yoziladi va eslab qolinadi.
ШНК 3.01.01-22Papkani ko‘rsating: har bir smeta uchun alohida Ф2. Avval nechta fayl topilgani aytiladi, siz tasdiqlaysiz — natijalar har fayl yonida saqlanadi.
Narxsiz _ЛРВ dan to‘liq _РС tuziladi: narxlar katalog bazasidan, topilmaganini o‘zingiz tanlaysiz — dastur eslab qoladi.
«Лист1» / «Лист2» bo‘lsa ham smetani sarlavhasidan taniydi. ABC4 va TN qurilish — ikkalasi ham, papka rejimida ham.
O‘zbek (kirill va lotin) hamda rus tili; yorug‘ va qorong‘i mavzu. Excel o‘rnatilmagan kompyuterda ham ishlaydi.
Murakkab sozlamalar yo‘q. Ishingizni tez boshlash uchun faqat kerakli narsalar qoldirilgan.
Faylni oynaga tashlang yoki kerakli papkani ko‘rsating. Format avtomatik aniqlanadi.
Dastur narxlarni solishtiradi, formulalarni joylaydi va bo‘limlarni hisobga oladi.
Tayyor hujjat alohida fayl sifatida saqlanadi. Tekshiring, davom ettiring yoki yuboring.
Quyidagi skrinshotlar maket emas — haqiqiy smetadan yaratilgan natijalar. Kerakli ko‘rinishni tanlang.
Har bir summa formuladan olinadi. Formula satrida =G19×F19 kabi bog‘lanishlarni ochib tekshirishingiz mumkin.
Har bir yangilanish o‘rnatilgan dasturda o‘zi paydo bo‘ladi: yangi MSI ni ustidan o‘rnatasiz, litsenziya va sozlamalar joyida qoladi.
«_ЛРВ» / «_РС» nomli varaq topilmasa, dastur uni sarlavhasidan taniydi — «ЛОКАЛЬНАЯ РЕСУРСНАЯ ВЕДОМОСТЬ» va «ЛОКАЛЬНЫЙ РЕСУРСНЫЙ СМЕТНЫЙ РАСЧЕТ» (odatda C5 katak). ABC4 va TN qurilish uchun ham.
Yangi tab: smetadagi ishlar ro‘yxati, har ishning materiallari, keyingi ish zanjiri, komissiya rekvizitlari. Natija — Word fayl, har akt alohida sahifada. Bitta fayl — litsenziyadan bitta hujjat.
Papkadagi (va ichki papkalardagi) barcha smetalar uchun bir yo‘la Ф2. Avval nechta fayl topilgani va nechta Ф2 tayyorlanishi aytiladi; litsenziya yetmasa — qolgan limit bilan davom etish yoki bekor qilish taklif qilinadi.
Yangi versiya bilan kelgan katalog bazasi avtomatik almashadi, siz kiritgan narxlar saqlanib qoladi. Narx tanlash oynasida «Каталогдан / Қўлда» filtri.
Оферта uchun kataloglar MSI bilan birga keladi — Excel yoki PDF kataloglarni ochish shart emas. Qo‘lda kiritilgan narxlar keyingi smetada o‘zi taklif qilinadi.
123 mingdan ortiq resurs kodi, kod va nom mosligini tekshirish, oфертада narx tanlash oynasi: topilmagan yoki bir necha narxli resurslarni bir joyda hal qilasiz.
Tablar, yorug‘ va qorong‘i mavzu. ОФЕРТА tabi: narxsiz tender smetasidan (_ЛРВ) to‘liq _РС tuziladi, narxlar katalogdan qo‘yiladi, topilmaganlari qizil bo‘sh qoladi. НАСТРОЙКА: kataloglarni ulash.
PTO-UZ — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Dasturiy mahsulotlar davlat reyestrida rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan dastur. Quyidagi guvohnomaning asl PDF nusxasini ochib, undagi QR kod orqali tekshirishingiz mumkin.
Obuna va muddat yo‘q. Sotib olingan hujjatlar tugaguncha — cheksiz paketda esa umuman cheklovsiz — ishlataverasiz.
Boshlash uchun
$50
bittasi $1.00
Sotib olishDoimiy ish uchun
$100
bittasi $0.83
Sotib olish →Cheksiz ish uchun
$300
hujjat sanalmaydi
Sotib olishKerakli hajm boshqachami? 300 yoki 5 000 ta hujjat, bo‘lib to‘lash yoki boshqa shart uchun bog‘laning — sizga mos variantni taklif qilamiz. Paket uchun arizani onlayn kabinetdan ham yuborsangiz bo‘ladi: arizani ko‘rib, o‘zimiz bog‘lanamiz. To‘lov tartibi — qo‘llanmada.
Dasturdan foydalanish uchun bilish kerak bo‘lgan hamma narsa: hisob qanday tuziladi, pul qanday to‘lanadi, kompyuter qanday ulanadi, hujjat qanday olinadi. Besh qism, har biri ikki daqiqalik o‘qish.
app.pto.uz — PTO.uz’ning veb kabineti. Bu sizning hisobingiz: balans, kompyuterlar, arizalar va tarix shu yerda turadi. Va ayni paytda ish joyi ham: smetani brauzerga tashlab, tayyor Ф2, oferta yoki aktni shu yerdan yuklab olasiz — hech narsa o‘rnatmasdan, istalgan kompyuterdan.
Bitta login. Ofisda Windows dasturi, uyda brauzer — ikkalasi bitta balansdan sarflaydi va bitta tarixga yozadi.
Tayyor Ф2, oferta yoki akt fayli — 1 ta hujjat. Muddat, obuna, oylik to‘lov yo‘q: sotib olganingiz tugaguncha ishlataverasiz.
Ish stoli va noutbuk — ikkalasi ham hisobga ulanadi, lekin bir vaqtda bittasi ishlaydi. Ko‘proq kerak bo‘lsa — gaplashamiz.
Smeta faylini tashlang — formulali Ф2. Materiallar varag‘i, накопительный davrlar, Ф3 (справка-счёт-фактура) va papka rejimi shu yerda.
Tenderning narxsiz _ЛРВ idan to‘liq _РС va Ф2: viloyat va kvartalni tanlaysiz, topilmagan narxlarni jadvalda hal qilasiz.
Акт скрытых работ: smetadagi ishlarni belgilaysiz, komissiyani bir marta yozasiz — Word fayl tayyor.
Qaysi narx kitoblari va kvartallar yuklangani. Pastida — o‘zingiz kiritgan narxlar; keraksizini o‘chirasiz.
Balans, paket tanlash va ariza yuborish. Arizalar tarixi va bizning raqamlar ham shu yerda.
Hisobga ulangan kompyuterlar: qaysi biri qancha sarflagan, oxirgi faollik. Eskisini o‘chirib, yangisini qo‘shasiz.
Balansga qo‘shilgan va sarflangan har bir hujjat: sana, turi, o‘zgarish va qoldiq.
Ism, telefon va parolni o‘zgartirish. Parol almashsa, boshqa hamma joydan chiqib ketadi.
Qabul qilinadigan fayllar, cheklovlar va qisqa qo‘llanma — kabinetning o‘zida, uch tilda.
Ro‘yxatdan o‘tish — bir daqiqa: ism yoki tashkilot, telefon, parol. Login ixtiyoriy — bo‘sh qolsa telefon raqamingiz login bo‘ladi. Karta so‘ralmaydi. Yangi hisob 0 balans bilan ochiladi: kabinetda bepul sinov yo‘q — 15 ta bepul hujjat faqat Windows dasturida.
| Windows dasturi | Kabinet (brauzer) | |
|---|---|---|
| O‘rnatish | MSI, bir marta; yangi versiya ustidan o‘rnatiladi | Kerak emas — havolani ochasiz |
| Internet | Oflayn kalit bilan — umuman kerak emas; onlayn hisob bilan — dastur ochilganda va har hujjatdan keyin | Kerak |
| Bepul sinov | 15 ta hujjat, ro‘yxatdan o‘tishsiz | Yo‘q — paketdan boshlanadi |
| Ф2, Oferta, Akt, накопительный, papka | Hammasi | Hammasi — o‘sha dvigatel |
| Papka rejimi natijasi | Har smeta yonida …_fo2.xlsx | Bitta ZIP, bir safarda 60 tagacha fayl |
| Narx kitoblari (oferta uchun) | Ofisning o‘z bazasi — yangi kvartalni o‘zingiz yuklaysiz | Umumiy baza — biz yuklaymiz, siz ko‘rasiz |
| Smeta fayli qayerda | Kompyuteringizda qoladi | Serverga yuklanadi, hujjat tayyor bo‘lgach o‘chadi |
| To‘lov | Oflayn kalit yoki hisob balansi | Hisob balansi |
Sahifada karta raqami ham, avtomatik to‘lov oynasi ham yo‘q — har bir mijoz bilan gaplashib, hajmi va shartini kelishamiz. Narxlar yuqorida: 50 ta — $50, 120 ta — $100, cheksiz — $300; boshqa hajm — kelishilgan narxda. Jarayon to‘rt qadam.
Kabinetda Paket bo‘limi: tayyor paketni bosing yoki kerakli sonni o‘zingiz yozing va Ariza yuborish. Kabinetga kirmasdan ham bo‘ladi — qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegramga yozing.
Ro‘yxatdagi telefoningizga qo‘ng‘iroq qilamiz: hajm, narx va to‘lov tartibini kelishamiz. Bo‘lib to‘lash mumkin, katta hajmga alohida narx.
To‘lov kelgach admin paketni ochadi — balans o‘sha zahoti kabinetda ham, dasturda ham ko‘rinadi. Sizdan hech narsa talab qilinmaydi: kod ham, kalit ham, fayl ham.
Qo‘shilgan paket va sarflangan har bir hujjat sana bilan Tarix bo‘limiga yoziladi, yonida qoldiq. Savol tug‘ilsa, javob daftardan o‘qiladi.
| Nima qildingiz | Balansdan |
|---|---|
| Bitta Ф2 (1–3 fayldan) | 1 |
| Papka rejimi — 12 ta Ф2 chiqdi | 12 |
| Oferta — _РС va Ф2 bitta faylda | 1 |
| Akt — bitta Word fayl, ichida 7 ta akt | 1 |
| Oferta tahlili, ishlar ro‘yxatini o‘qish | 0 |
| Generatsiya xato berdi | 0 |
| Muammoli qatorlar hisoboti (.txt) | 0 |
Windows dasturi o‘rnatilgan zahoti ishlaydi — birinchi 15 ta hujjat bepul, hech narsa so‘ramaydi. Keyin ikki yo‘ldan birini tanlaysiz; ikkalasi ham dasturning ЛИЦЕНЗИЯ tabida.
Kabinetdagi balans dasturda ham ishlaydi. Kalit, kod, fayl — hech narsa ko‘chirilmaydi.
Teskari yo‘l ham bor: kabinet → Qurilmalar → dasturdagi 16 belgili kompyuter kodini kiritib qo‘shasiz.
Eski, sinalgan usul: kalit aynan shu kompyuterga bog‘lanadi va serverga umuman qaramaydi.
Yangilanish. Yangi versiyani pto.uz dan yuklab, eskisining ustidan o‘rnatasiz — litsenziya, hisob va sozlamalar joyida qoladi. Juda eski nusxaga server «Дастурни янгиланг» deydi: shunda ham faqat MSI ni qayta o‘rnatish kifoya.
Windows dasturidagi uch qadam yuqorida. Brauzerda mantiq o‘sha: fayl → sozlama → tugma → yuklab olish. Kabinet o‘zbek (kirill va lotin) va rus tillarida, yorug‘ va qorong‘i ko‘rinishda ishlaydi; .xlsx, .xlsm, .xls qabul qiladi, bir safarda 35 MB gacha.
Tayyor fayl 60 daqiqa turadi, keyin o‘chadi. Tanlovlaringiz hisobda eslab qolinadi.
Balans har fayldan oldin tekshiriladi. Yo‘lda tugasa — tayyor bo‘lganlari baribir ZIPga tushadi, yasalmagani uchun hech narsa yechilmaydi.
Yuklangan fayl ikkinchi qadamni ko‘pi bilan 40 daqiqa kutadi, keyin o‘chadi.
Ichida nechta akt bo‘lishidan qat’i nazar — bitta fayl, bitta hujjat.
Smeta — tijorat hujjati. Shuning uchun kabinet unga qanday munosabatda bo‘lishini aniq aytamiz, va bu va’dalar kodning o‘zidan kelib chiqadi.
Yuklangan fayl Ф2 yozilishi bilan o‘chiriladi. Oferta va aktda u ikkinchi qadamni kutadi — ko‘pi bilan 40 daqiqa, keyin baribir o‘chadi.
Tayyor hujjat bir soat turadi: uzilgan yuklashni qayta boshlash yoki boshqa kompyuterdan olish uchun. «Serverdan hozir o‘chirish» tugmasi soatni kutmaydi.
Ofertada kiritgan narxlar hisobingizga bog‘lanadi. Boshqa mijoz ularni hech qachon ko‘rmaydi, umumiy katalogga smetangizdan hech narsa yozilmaydi.
Hisob daftarida faylning nomi va sanasi qoladi, faylning o‘zi emas. Generatsiyalar arxivi yo‘q — bu ataylab.
Parol xesh ko‘rinishida saqlanadi. Parolni almashtirsangiz, hamma brauzer va dasturdan chiqib ketadi — sizdan boshqa. Unutsangiz — qo‘ng‘iroq qiling, tiklab beramiz.
Smeta fayllari hech qayerga yuborilmaydi. Onlayn hisobda serverga faqat kompyuter kodi va sarflangan hujjat soni boradi.
Windows dasturi 15 ta hujjatni bepul beradi. Kabinetda ro‘yxatdan o‘tish bepul — hujjat tayyorlash uchun paket kerak. Ikkalasi bitta hisobga ulanadi.
Birinchi 15 ta Ф2 bepul. Karta kerak emas, ro‘yxatdan o‘tish kerak emas. Yoqsa, kompyuter kodingiz orqali kalit olasiz.
Windows uchun yuklab olish ↓Windows 10/11 · 64-bit · ~59.3 MB · Qo‘shimcha dastur talab qilinmaydi · versiya 1.23.1Yana savolingiz qolsa, pastdagi raqamlardan bog‘laning. Javob beramiz.
Yo‘q. Dastur asl faylni o‘zgartirmaydi — natija doimo yangi faylga saqlanadi.
Narx va summa kataklari bo‘sh qoldiriladi, shu qatorlar alohida .txt ro‘yxatga yoziladi. Taxminiy son kiritilmaydi.
Qo‘llab-quvvatlanadi: narxlar G ustunida bo‘lsa, dastur formulalarni qo‘yib hisoblab beradi.
Ha. «Папкадаги ҲАММА файллар учун Ф2» belgisini yoqib papkani ko‘rsating: dastur nechta smeta topganini aytadi, tasdiqlaganingizdan keyin har biri uchun alohida Ф2 tayyorlaydi. Har bir saqlangan Ф2 — bitta hujjat.
АКТ tabida smetadagi ishlarni belgilaysiz — barchasi bitta Word faylga, har akt alohida sahifada yoziladi. Ichida nechta akt bo‘lishidan qat’i nazar, bitta fayl litsenziyadan bitta hujjat sarflaydi.
Ikki usul bor. Onlayn hisob — balans hujjat sonida, vebda ham, dasturda ham bitta; hisobga 2 ta kompyuter ulanadi. Oflayn kalit — aynan shu kompyuterga bog‘lanadi va sotib olingan hujjatlar tugaguncha muddatsiz, internetsiz ishlaydi. Tartibi — qo‘llanmaning 03-qismida.
Oflayn kalit bilan — umuman kerak emas. Onlayn hisob bilan dastur ochilganda va har saqlangan hujjatdan keyin serverga bitta so‘rov yuboradi; aloqa uzilsa yana 15 daqiqagacha ishlayveradi, keyin internetni so‘raydi. Smeta fayllaringiz hech qayerga yuborilmaydi — serverga faqat kompyuter kodi va hujjat soni boradi.
Yo‘q. 15 ta bepul hujjat — faqat Windows dasturida, o‘rnatgan zahoti va ro‘yxatdan o‘tishsiz. Kabinetda hisob 0 dan boshlanadi: ro‘yxatdan o‘tish bepul, hujjat tayyorlash uchun paket kerak.
Kabinetning «Paket» bo‘limidan ariza yuborasiz yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ng‘iroq qilasiz. Biz bog‘lanib to‘lovni kelishamiz; to‘lovdan keyin paket ochiladi va balans darhol ko‘rinadi. Bo‘lib to‘lash mumkin. Batafsil — qo‘llanmaning 02-qismida.
Hisobga 2 ta kompyuter ulanadi, lekin bir vaqtda bittasi ishlaydi. Ikkinchisiga o‘tish uchun birinchisidagi dasturni yoping — navbat darhol bo‘shaydi. Dastur yopilmay o‘chib qolgan bo‘lsa (svet ketdi) — 15 daqiqada o‘zi bo‘shaydi.
Onlayn hisobda: kabinet → «Qurilmalar» → eski kompyuterni o‘chiring, yangisida login-parol bilan kiring — balans joyida. Oflayn kalitda kod o‘zgaradi: yangi kompyuter kodini bizga yuboring.
Qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegramga yozing — ro‘yxatdagi telefon bo‘yicha tekshirib, parolni tiklab beramiz. Keyin kabinetning «Hisob» bo‘limida o‘zingiznikiga almashtiring.
Qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram orqali yozing. Kompyuter kodingizni yuborsangiz, kalitni o‘sha kuni tayyorlab beramiz.